Hasanboy Do‘smatov yarim finalga chiqdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Qozog‘istonlik Saken Bibossinovni chorak final bahsida mag‘lubiyatga uchratdi
Rasm:MOQ

«Rio – 2016» Olimpiya o‘yinlari g‘olibi Hasanboy Do‘stmatov «Parij – 2024» Olimpiadasida qozogʻistonlik Saken Bibossinovni chorak final bahsida mag‘lubiyatga uchratdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar beradi.

Bu chiqishi bilan hamyurtimiz Olimpiya o‘yinlarida ikkinchi medal bilan o‘zini kafolatladi. Birinchi raundni boy bergan bo‘lsa ham, keyingi raundlarda yaxshi jang ko‘rsatdi. Endi bokschi yarim finalda jang olib boradi.

Avvalroq «Kursiv» Sitora Turdibekova Olimpiya o‘yinlarida tayvanlik raqibiga imkoniyatni boy berganini e’lon qilgan edi.

Shuningdek