Oʻzbekistonda raqobatni rivojlantirish konsepsiyasi joriy qilindi

eʼlon qilindi
Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi
Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev 5-avgust, dushanba kuni mamlakatda raqobatni rivojlantirishga oid taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda davlat rahbarining axborot xizmati maʼlum qildi.

Unga koʻra, iqtisodiyotga hukumat aralashuvini qisqartirish, katta monopoliyalarni tiyib boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar raqobat muhitiga yaxshi taʼsir qilayotgani maʼlum qilindi.

«Soʻnggi besh yilda 25 tadan ortiq tovarlar boʻyicha raqobat muhiti yaxshilandi. 7 ta faoliyat turi boʻyicha raqobatni cheklovchi eksklyuziv huquqlar bekor qilindi. Davlat ishtirokidagi korxonalar 42 foizga kamayib, tadbirkorlik subyektlari soni 1,6 barobar koʻpaydi», — deyiladi xabarda.

Shuningdek, sohaga oid ishlar oqimi va samaradorligini kengaytirish uchun raqobatni rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqildi. Unda iqtisodiyotda davlatning ishtirokini qisqartirish, bozorga kirishni osonlashtirish, biznesmenlarga yaxshi imkoniyatlar yaratish uchun keyingi ishlar belgilanadi.

Davlat tashkilotlari axborot tizimlarini oʻzaro bir-biriga bogʻlash orqali ijtimoiy ahamiyatga ega tovarlar narxlarini raqamli monitoring qilish yoʻlga qoʻyiladi. Shuningdek, raqobatga qarshi kelishilgan va til biriktirilgan holatlari haqida maʼlumot taqdim etgan fuqarolarni oshkor qilmaslik va taqdirlash tizimi yoʻlga qoʻyiladi.

Umuman, joriy qilingan konsepsiya samarasida energetika, neft-gaz, suv xoʻjaligi, yoʻl qurilishi, temir yoʻl va aeroport xizmatlari kabi bir qancha sohalarda 17 turdagi davlat monopoliyasini bosqichma-bosqich tugatish amalga oshiriladi.

Avvalroq «Kursiv» ichki yo‘llarni saqlash xizmati joriy qilinishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek