Dog‘istonda o‘tkazilgan shaxmat chempionatida sportchi raqibini simob bilan zaharladi – video

eʼlon qilindi
Jabrlanuvchiga tibbiy yordam ko‘rsatilib, shifoxonaga yotqizildi
Rasm: azh.kz

Klassik shaxmat bo‘yicha Dog‘iston chempionati zaharlanish hodisasi yuz berdi. Bu haqda «Kommersant» nashri xabar bermoqda.

2-avgust kuni mahachqal’alik shahmatchi Amina Abakarova kaspiysklik raqibi Umayganat Osmonovaning shaxmat taxtasiga va donasiga simob surdi. Jabrlanuvchiga tibbiy yordam ko‘rsatilib, shifoxonaga yotqizildi.

 Kuzatuv kameralaridagi video tasvirlar gumonlanuvchini aniqlashga yordam berdi. Endi Amina umrbod diskvalifikatsiya qilinishi va jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.

Respublika sport vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, musobaqadagi oltmishga yaqin boshqa ishtirokchilardan hech biri, jumladan uning raqibi Xadicha Magomedova zaharlanmagan. Norasmiy xabarlarga koʻra, yana kamida ikki kishi oʻzini yomon his qilgan.

Umayganat Osmonova zaharlanganiga qaramay, musobaqada ikkinchi o‘rin oldi.

Avvalroq «Kursiv» shaxmatning rapid yo‘nalishidagi U-17 jahon chempionlari aniqlanganini e’lon qilgan edi.

Shuningdek