Ta’lim kreditlari hajmi deyarli 40 foizga kamaydi

eʼlon qilindi
Ko‘rsatkich 398,6 mlrd so‘mni tashkil qildi
Foto: Pexels.com

Birinchi yarim yillik natijalariga ko‘ra ta’lim kreditini berish qariyb 40 foizga qisqardi. Bu haqdagi maʼlumot Markaziy bank tomonidan Statistik byulletenda eʼlon qilingan.

2023-yilning dastlabki 6 oyi davomida ta’lim kreditlarini berish 636,6 mlrd so‘mga yetgan. Joriy yilning mos davriga kelib ushbu ko‘rsatkich 398,6 mlrd so‘mni tashkil qildi, ya’ni 37,4% ga pasaydi.

Eslatib o‘tamiz, davlat rahbari tomonidan 2024-yil may oyida imzolangan farmonga asosan, 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab ta’lim krediti faqatgina kunduzgi ta’limda tahsil olayotgan talabalar uchun beriladi.

Ma’lumot uchun, oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim olayotgan ikkinchi hamda undan yuqori kurs talabaning fanlarni o‘zlashtirish foizi «3» dan past bo‘lgan taqdirda, to‘lov-kontrakt summasining ko‘pi bilan 80 foizini ajratish ko‘rsatib o‘tilgan.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda imtiyozli taʼlim kreditlari asosan xotin-qizlarga ajratilayotgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek