Fond birjasida ipoteka kompaniyasining aksiyalari va obligatsiyalari paydo bo‘ldi

eʼlon qilindi
8-avgustdan bozorga kiritildi
Foto: Roman Fedotov / Kursiv

«Toshkent» Respublika fond birjasining qaroriga muvofiq «Oʻzbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi» AJning oddiy aksiyalari bozorga chiqdi. Bu haqda fond birja veb-saytida xabar berildi.

Unga ko‘ra, kompaniya aksiyalari «Stock Market» segmentining «Tranzit» kategoriyasi bo‘yicha joylangan. Shuningdek, birinchi va ikkinchi korporativ obligatsiyalar chiqariluvi 2024-yilning 8-avgustidan birja kotirovkalash varagʻi «Bond Market» bozoriga taqdim etilgan.

Ma’lumot uchun, ushbu kompaniya tijorat banklari uchun ipoteka likvidligi va uzoq muddatli moliyalashtirishni taʼminlashda xizmat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Toshkent» Respublika fond birjasi chakana investorlar oʻrtasida savdo tanlovini eʼlon qilgan edi.

Shuningdek