9-avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidan tashqari har bir viloyatda havo harorati +40-darajadan yuqori bo‘ladi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Janubiy hududlarda chang-to‘zonlar yuzaga keladi
Rasm: leolintang/Depositphotos

Bugun, 9-avgust kuni respublikaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidan tashqari har bir viloyatda havo harorati +40-darajadan yuqori bo‘ladi. Janubiy hududlarda chang-to‘zonlar yuzaga keladi. Bu haqda «Gidrometeorologiya» xizmati agentligi xabar beradi.

Poytaxtda havo bulutli bo‘lishi mumkin. Yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Kunduzi havo harorati 41-daraja issiq, kechasi esa 26-darajagacha issiq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda quruq va issiq havo bo‘ladi. Kunduzi havo harorati 32 darajagacha ko‘tariladi, kechga kelib 22 darajagacha pasayadi.

Shuningdek