Hasanboy Do‘smatov: «Ikki karra Olimpiada chempioni bo‘lish uchun boksdan ketmadim»

eʼlon qilindi
Milliy olimpiya qo‘mitasi videolavha e’lon qildi
Foto: MOQ

Hasanboy Do‘smatov Olimpiadadagi g‘alabasi haqida fikr bildirdi, deya xabar beradi Milliy olimpiya qo‘mitasi.

Uning ikki karra Olimpiada chempioni bo‘lishida ko‘maklashgan barcha o‘zbek xalqiga, prezidentga, murabbiylariga minnatdorchilik bildirgan.

«Hammasiga rahmat aytaman, Allohga shukur, men nima sababdan boksdan ketmadim? Sababi men ikki karra Olimpiada chempioni bo‘lish uchun boksda edim va men buni uddaladim. Barchaga rahmat», deb qo‘shimcha qildi Hasanboy.

Eslatib o‘tamiz, Hasanboy Do‘smatov 2016-yil Rioda o‘tkazilgan olimpiada o‘yinlarida ham oltin medalni qo‘lga kiritgan edi.

Avvalroq «Kursiv» Hasanboy Do‘smatov Olimpiada oltin medalini qo‘lga kiritgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek