Elektr to‘lovlarida muammolar: «Het Billing» tizimida texnik ishlar

eʼlon qilindi
Energetika vazirligi "Het Billing" tizimida yuzaga kelgan xatoliklar haqida ogohlantirdi
Rasm: AndreyPopov/Depositphotos.com

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ tomonidan yangi «Het Billing» tizimida texnik ishlar olib borilayotgani sababli ba’zi iste’molchilar hisob-kitobda xatoliklarga duch kelmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi xabar beradi.  

Tizimda ayrim iste’molchilar haqdor bo‘lsa-da, biroq qarzdor sifatida ko‘rinmoqda.

Energetika vazirligi xabariga ko‘ra hozircha hech qanday iste’molchi tarmoqdan ajratilmaydi. Texnik ishlar tugagach, ushbu muammo bartaraf etiladi.

Keyinroq yuzaga kelgan holat bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etiladi.

Avvalroq «Kursiv» elektr energiyasi to‘lovlarida uzilishlar bo‘lishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek