«Hizbulloh» Isroilga raketa hujumini uyushtirdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
O‘nlab snaryadlar uchiriligan
Rasm: KirillM / www.depositphotos.com

Livanning «Hizbulloh» tashkiloti dushanbaga o‘tar kechasi Isroilga raketa hujumi uyushtirdi, deb xabar berdi mamlakat Mudofaa kuchlari (IDF).

 «Yaqinda Isroil shimolida sirenalar ovozi eshitilgach, Livandan uchib kelayotgan 30 ga yaqin raketalar aniqlandi», deyiladi IDF Telegram kanalida.

Ba’zi snaryadlar ochiq joylarga tushdi. Qurbonlar haqida ma’lumot berilmagan.

Avvalroq «Hizbulloh» Isroil armiyasi shtab-kvartirasiga zarba berish niyati borligini ma’lum qilgan edi.

Avvalroq «Kursiv» Livanning Isroilga o’tgan hujumi haqida e’lon qilgan edi.

Shuningdek