XXXIII yozgi Olimpiada ishtirokchilari O‘zbekistonga qaytmoqda

eʼlon qilindi
Fuqarolar belgilangan doirada turgan holda chempionlarni g‘alaba bilan qutlashlari mumkinligini ta’kidlaydi
Foto: MOQ

«Parij – 2024» yozgi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan Oʻzbekiston delegatsiyasi a’zolari bugun soat 19:00 da Toshkentga yetib keladi. Bu haqda Milliy olimpiya qoʻmitasi xabar berdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirigʻiga binoan, chempionlar Toshkent aeroportida (Terminal-3) tantanali kutib olinadi.

Tantanali kutib olishdan soʻng sportchilar joy olgan avtobus kortejlari shahar boʻylab harakatlanadi.

Foto: MOQ

Milliy olimpiya qoʻmitasi tomonidan fuqarolar belgilangan doirada turgan holda chempionlarni g‘alaba bilan qutlashlari mumkinligini ta’kidlaydi.

«Rasmdagi doira shaklida belgilangan nuqtalarda esa yurtdoshlarimiz xavfsizlik chora-tadbirlariga qatiy rioya qilgan holda chempionlarni gʻalabalar bilan qutlashlari mumkin», deya qo‘shimcha qiladi qo‘mita matbuot xizmati.   

Avvalroq «Kursiv» «Parij – 2024» yozgi Olimpiya o‘yinlarining yopilish marosimi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek