O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Salimboyning o‘limi haqidagi xabarni rad etdi
eʼlon qilindi
Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi
Oʻzbekistonlik tadbirkor Salim Abduvaliyevning oʻlimi haqidagi ma’lumotlar yolgʻon, deb xabar qildi respublika IIV matbuot xizmati «Kursiv»ga.
Bungacha ijtimoiy tarmoqlarda tadbirkorning o‘limi haqidagi ma’lumotlar tarqalgan edi.
2024-yil mart oyida poytaxt sudi «Salimboy» nomi bilan mashhur Abduvaliyevni olti yillik qamoq jazosiga hukm qildi. U qurol-yarog‘, o‘q-dorilar va portlovchi moddalarning noqonuniy savdosida aybdor deb topildi.
Avvalroq «Kursiv» Qirg‘iziston rasmiylari Salimboyni xalqaro qidiruvga bergani haqida e’lon qilgan edi.