UzAuto Motors Powertrain yilning ilk yarmida 2,2 trln so‘m sof foyda oldi
UzAuto Motors Powertrain I yarim yillikda o‘z sof foydasini 63,6 foizga oshirdi. Bu haqda Istiqbolli loyihalar milliy agentligi korporativ axborot yagona portali xabar berdi.
Unga ko‘ra, ushbu foyda o‘tkan yildagi mos davrga qaraganda 45,0 foizga ortiqdir. Shu davrdagi sof foyda 63,6 foizga oshib, 70,2 mlrd so‘mni tashkil qilgan.
Shuningdek, uzoq muddatli bank kreditlari iyun oyi yakuniga ko‘ra, 674,9 mlrd so‘mni tashkil qildi. Yil boshida esa 776,8 mlrd so‘mni qayd etgan. Qisqa muddatli kreditlar 801,1 mlrd so‘mdan 408,4 mlrd so‘mga kamaygan.
Ma’lumot o‘rnida, prezident qaroriga asosan UzAuto Motors Powertrainning 5 foiz aksiyalarini «Toshkent» RFB’da IPO’ga chiqarish rejalashtirilgan.
Avvalroq «Kursiv» Humansning yarim yillik sof foydasi haqida yozgan edi.