Buxoroda kommunal xizmatlarining 25 foiz qismi tejalishi mumkin

eʼlon qilindi
Buning uchun korxona uskunalari yangilanishi lozim
Foto: T.me/Press_Secretary_Uz

Buxoroda 900 mln kilovatt elektr va 400 mln kub metr gazni tejash mumkinligi ma’lum qilindi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, ushbu miqdor jami iste’molning 20 % qismiga teng. Ishlab chiqarish obyektlarida islohotlar o‘tkazish orqali 25 % gacha elektr va gaz tejalishiga erishish mumkin.

Shuningdek, ushbu viloyatda 200 mingta ko‘chmas mulk obyektlariga 3 kilovattli quyosh paneli o‘rnatildi. Bu orqali qo‘shimcha 600 megavatt energiya yaratishga erishiladi va 20 % kommunal xizmatlari tejab qolinadi.

Bugungi kunga qadar 2 mingta yashash xonadoni va 750 ta tadbirkorlik obyektlari quyosh panellaridan foydalanishga o‘tdi. Ammo ularning 292 tasiga elektr uchun to‘lov qilgan xolos. Buning oqibatida panel o‘rnatuvchilarga zarar keltirib qo‘yish mumkin. Shu va shu kabi masalalar tanqid qilindi va quyosh paneli qo‘yganlarga to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishi lozimligi ta’kidlandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda energiya resurslarini tejash maqsadida jarimalar joriy etilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek