Moskvada xavfsizlik choralari kuchaytirilmoqda

eʼlon qilindi
Endilikda Moskvada qo‘poruvchi guruhlarning kirib kelishi ehtimoli doimiy ravishda nazorat qilib boriladi
Foto: forden / depositphotos.com

Endilikda Rossiyada potensial xatarlar hamda poytaxt va Moskva viloyatiga qo‘poruvchi guruhlarning kirib kelishi ehtimoli doimiy ravishda nazorat qilib boriladi. Bu haqda «Pravda.ru» xabar beradi.

Ma’lum qilinishicha, hududiy politsiya qurollarini tortib olishga bo‘lgan urinishlar haqida ogohlantirilgan. Endilikda maxsus polk rahbariyatining topshirig‘iga ko‘ra, yangi xodimlarni navbatchilikka faqatgina tajribali hamkasblari bilan birga tayinlash mumkin.

Bundan tashqari, avtomatlar bilan jihozlangan maxsus polk xodimlari YHXX ekipajlari bilan birgalikda navbatchilik qiladi. Markaz va Kreml atrofidagi hududlarni muhofaza qilish kuchaytirildi.

Avvalroq «Kursiv» Ukraina armiyasi Rossiyaning Kursk viloyatiga hujumi tufayli gaz narxi qimmatlashgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek