«Hududiy elektr tarmoqlari»ning mobil ilovasi ishga tushdi

eʼlon qilindi
Ilova to‘liq ishlashi uchun biroz vaqt talab etiladi
Foto: Pixabay.com

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJning yangi «HET BILLING» dasturiy majmuasi doirasida uning mobil ilovasi ham e’lon qilindi. Bu haqda jamiyatning matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: App Store dasturidan

Unga ko‘ra, iste’molchilar ushbu ilovani android va IOS operatsion tizimi qurilmalariga «Play Market» yoki «App Store»dan yuklab olib, bepul foydalanishlari mumkin. Mobil ilova dasturi vaqti-vaqti bilan yangilab boriladi.

Foto: App Store dasturidan

Shunisi muhimki, “HET BILLING» ilovasi yordamida iste’molchilar o‘zlari iste’mol qilingan elektr energiyasining to‘lov ma’lumotlari, kunlik elektr iste’moli va boshqa shunga doir ma’lumotlarni onlayn tarzda tekshirib borishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoyda atom elektr stansiyalariga sayohat qilish imkoniyati yaratilgan edi.

Shuningdek