Alisher Usmonovning boyligi $15,4 milliardga baholandi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Uning boyligi $155 mlnga oshgan
Foto: Bloomberg.com/

2024-yil 15-avgust holatiga ko‘ra, rossiyalik milliarder Alisher Usmonov eng boy odamlar reytingida 132-o‘rinni egallamoqda. Bu haqda Bloomberg reyting tuzgan.

Unga ko‘ra, agentlik uning boyligini $15,4 mlrdga baholamoqda. Usmonovning 2023-yil uchun dividend daromadi $938,6 mlnga baholangan, bu rossiyalik milliarderlar orasida to‘rtinchi pog‘onadan joy oldi.

Bloomberg hisob-kitoblariga ko‘ra, Ilon Mask $230 mlrd bilan dunyodagi eng boy odam, Jeff Bezos $193 mlrd bilan ikkinchi, Bernard Arno esa $188 mlrd boyligi bilan uchinchi o‘rinda bo‘lib turibdi.

Ma’lumot o‘rnida, Forbes joriy yilning avgust oyi o‘rtalarida Usmonovni $13,8 mlrdga baholagan edi. Eslatib o‘tamiz, avvalroq Alisher Usmonovning dividend daromadi yil davomida 23,5 foizga oshgani haqida yozgan edik.

Shuningdek