Toshkent shahrining Yashnobod tumanida yong‘in bartaraf etildi

eʼlon qilindi
Jabrlanganlar yo‘q
Foto: Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi

15-avgust kuni soat 12:16 da Toshkent shahrining Yashnobod tumanida yong‘in sodir bo‘ldi. U soat 13:08-da oʻchirilgan, deb xabar qildi Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi.

Boshqarmaning aniqlik kiritishicha, yong‘in O‘rta Masjid mahallasidagi ochiq maydonda sodir bo‘lgan.

«Yong‘in oqibatida hech kim jabrlanmadi», deya qo‘shimcha qildi poytaxt FVV matbuot xizmati.

Avvalroq «Kursiv» Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi yong‘in haqida yozgan edi.

Shuningdek