16-avgust kuni O‘zbekiston bo‘ylab quruq va issiq havo kuzatiladi

eʼlon qilindi
Janubiy hududlarda chang-to‘zonlar yuzaga kelishi mumkin
Rasm: Piqsels

Bugun, 16-avgust kuni respublikada yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo harorati 42-darajagacha issiq bo‘ladi. Janubiy hududlarda chang-to‘zonlar yuzaga kelishi mumkin. Kunduzi havo harorati o‘rtacha 37-darajagacha isishi mumkin. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati agentligi xabar beradi.

Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, bulutli bo‘ladi. Yomg‘ir yog‘maydi. Kunduzi havo harorati 36-daraja isishi mumkin, kechasi esa 26-daraja issiq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarning Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzi havo harorati 22-27 daraja issiq, kechga kelib havo 19 daraja iliq bo‘ladi. 

Shuningdek