Olimpiada oʻyinlari sovrindorlarining murabbiylariga qancha pul mukofotlari berildi

eʼlon qilindi
Bu haqda Kursiv Uzbekistanʼga Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qildi
Foto: MOQ

«Parij – 2024» Olimpiadasida sovrindor boʻlgan sportchilarning murabbiylari ham pul mukofotlari bilan taqdirlandi. Bu haqda Kursiv Uzbekistanʼga Milliy olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga koʻra, oltin medal olgan sportchilarning murabbiylari $50 ming, kumush olganlarning murabbiylari $25 ming, bronza medal olganlarning murabbiylari esa $12,5 mingdan mukofotlandi.

Eslatib oʻtamiz, Olimpiada oʻyinlarida oltin medal sohiblariga $200 ming, Tahoe avtomobili va ikki qavatli kottejlar berildi. Kumush medal sohiblariga $100 ming, bronza medal sohiblariga $50 ming hamda BYD Song Plus EV Champion avtomobili va kvartiralar topshirildi.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston delegatsiyasi Toshkentda qanday kutib olingani haqida fotolavha tayyorlagan edi.

Shuningdek