Talabalarga yotoqxona uchun arizalar qabul qilish jarayoni boshlandi

eʼlon qilindi
1-kurs talabalari davlat OTMining yotoqxonalariga ariza topshirishi mumkin
Foto: zhudifeng / depositphotos.com

Bugun, 19-avgustdan boshlab talabalikka tavsiya etilganlar uchun yotoqxona arizalari qabul qilinmoqda. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qildi.

Ma’lumot o‘rnida, 1-kurs talabalari davlat OTMining yotoqxonalariga joylashish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali elektron ariza topshirishlari mumkin.

Ma’lum qilinishicha, hozirgi kunda talabalikka tavsiya etilganlar haqida ma’lumotlarni «Talabalar turar joyi axborot tizimi»ga yuklash jarayoni yakunlangan.

Avvalroq «Kursiv Uzbekistan» talabalar yotoqxonadagi navbatni onlayn kuzatib borishlari mumkinligi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek