Qoraqalpog‘iston IT-parkida rezidentlar soni uch baravar oshdi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Buning samarasida 310 nafar mutaxassis ish bilan ta’minlandi
Foto: Prezident matbuot xizmati

Qoraqalpog‘istonda IT-Park rezidentlari soni o‘tgan yil oxiriga nisbatan uch baravarga ko‘payib, 108 nafarni tashkil etdi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qoraqalpog‘istonga tashrifi chog‘ida ma’lum qilindi.

Buning natijasida 310 nafar mutaxassis ish bilan ta’minlandi. 2024-yilning birinchi yarmida IT-park xizmatlari hajmi 2,4 barobar, eksport esa 1,7 barobar oshdi.

Prezident Mirziyoyev Nukus shahri markazidagi 17 qavatli yangi IT-Parki binosini ko‘zdan kechirdi. Bino prezident topshirig‘iga muvofiq qurilgan bo‘lib, unda ta’lim markazlari, kovorkinglar, ofislar va konferensiya zali joylashgan. Bu yerda IT-Parki rezidentlari, investorlar va xorijiy kompaniyalar faoliyat yuritadi.

O‘zbekistonda IT soha jadal sur’atlar bilan rivojlanmoqda: so‘nggi yetti yilda IT kompaniyalar soni 147 tadan 2 mingtaga ko‘paydi, sohada bandlik 30 ming kishiga yetdi. Mamlakatda mustaqil ravishda IT texnologiyalari bilan shug‘ullanayotgan yoshlar soni ham faol o‘sib bormoqda – ularning soni 70 mingdan oshdi.

Avvalroq O‘zbekistonda turli sohalarda raqamlashtirish bo‘yicha yuzdan ortiq loyihalar amalga oshirilayotgani haqida xabar berilgan edi.

Shuningdek