Toshkentda qalbaki dollar sotayotgan shaxslar qo‘lga olindi

eʼlon qilindi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Foto: Tohskent shahar IIBB axborot multimedia markazi

Toshkentda qalbaki dollar sotayotgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departament matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Yunusobod tumani «Universam dehqon bozori»da Ikki fuqaro (sudlangan) hamda boshqa shaxslar bilan o‘zaro til biriktirib, Toshkent tumanida istiqomat qiluvchi fuqarodan olib kelingan $10 ming pullarni boshqa bir fuqaroga haqiqiy bo‘lgan $7 200  pullarga sotgan vaqtida qo‘lga olindi.

Shuningdek, tadbir davomida gumonlanuvchilardan birining yonidan o‘tkazish maqsadida saqlab kelingan $100 kupyuradagi 75 dona AQSh dollari daliliy ashyo sifatida olindi.  

Hozirgi kunda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-modda (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq «Kursiv Uzbekistan» Toshkentda mingdan ortiq fuqarolarning pullarini oʻzlashtirgan firibgar qoʻlga olingani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek