Imom Termiziy tavalludining 1200-yilligi keng nishonlanadi

eʼlon qilindi
Ko‘plab konferensiya va tanlovlar tashkil etiladi
Foto: Facebook.com

Prezident joriy yilning oktabr oyida yirik alloma Imom Termiziy tavalludining 1200-yilligini munosib nishonlashga doir qarorni qabul qildi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, allomaning «Ash-Shamoil al-Muhammadiyya» va «Sunani Termiziy» asarlari tarjima qilinadi va sharhi bilan birga nashrdan chiqariladi.

Oktabr oyida poytaxtimizda «Islom – tinchlik va ezgulik dini» mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etiladi. Imom Termiziy tug‘ilgan Termiz shahrida esa «Imom Termiziy ilmiy merosining islom sivilizatsiyasida tutgan oʻrni» mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman oʻtkaziladi.

Kuz oylarida Termiz davlat universiteti va Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida «Termiziy allomalarning ilmiy-ma’naviy merosi: oʻtmish va bugun» mavzuida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tadi.

Shuningdek, allomaning hayoti va ilmiy faoliyatiga oid ilmiy maqolalar tanlovi hamda Oʻzbekiston musulmonlari idorasidagi imom-xatiblar va diniy ta’lim muassasalari talabalari orasida «Imom Termiziy asarlari boʻyicha hadislar bilimdoni» tanlovlari tashkil qilinadi. G‘olibar munosib taqdirlanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda Imom Termiziy nomidagi Islom instituti ochilishini xabar bergan edik.

Shuningdek