Modi Ukrainaga tashrif buyuradi

eʼlon qilindi
23-avgust kuni
Foto: Financialexpress.com

Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi Moskvaga qilgan safaridan bir necha hafta o‘tib, Ukrainaga boradi. Bu haqda CNN xalqaro nashri xabar berdi.

Unga ko‘ra,  Modining Ukrainaga, urush boshlangandan beri birinchi tashrifi kutilmoqda.

Modi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning taklifiga binoan 23-avgust kuni Ukrainaga tashrif buyuradi, deya xabar beradi Hindiston tashqi ishlar vazirligi.

«Bosh vazir Modining Ukrainaga tashrifi ikki tomonlama munosabatlarini muhokama qilish imkoniyatini beradi», deydi vazirlikning G‘arb bilan siyosat bo‘yicha kotibi Tanmaya Lal.

Oldinroq, Ukraina rahbari Modining Putin bilan quchoq ochib uchrashganini «Katta umidsizlik va dunyoning eng yirik demokratiyasi rahbarining Moskvada shunday kunda dunyodagi eng qonli jinoyatchini quchoqlaganini ko‘rish tinchlik tomon qilingan halokatli zarba», deya ta’riflagan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukrainadagi urush O‘zbekistonni qanday o‘zgartirgani haqida yozgan edik.

Shuningdek