Zarariga ishlagan 16 ming korxona yarim yilda 6,5 trln foydaga chiqdi
eʼlon qilindi
6,5 trln so‘m foyda ko‘rgan
Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotida «mahallabay» ishlash tizimi ko‘magi bilan yirik foydaga chiqqan tadbirkorlar haqida so‘z bordi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar berdi.
Unga ko‘ra, joriy yilda tadbirkorlarning tovar aylanmasi 2023-yilga nisbatan 25 % koʻpayib, 986 trln soʻmni tashkil etgan.
Yillik aylanmasi 10 mlrd soʻmdan 100 mlrd soʻmgacha boʻlgan oʻrta korxonalar 2 karra ortgan. 100 mlrd soʻmdan ortiq yirik korxonalar esa 2200 tadan oshdi. Bu ham oʻtgan yilga nisbatan 2 baravar koʻp.
Shuningdek, «mahallabay» va «mijozbay» ishlash tizimi natijasida oldin zarariga ishlagan 16 ming korxona yarim yilda 6,5 trln soʻm foydaga chiqqan.