Toshkentda kuchli ta’sir qiluvchi dorilar muomalaga kiritilishining oldi olindi
Toshkent shahar IIBB hamda DXX hamkorligida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining tarqalishining oldini olish bo‘yicha tezkor tadbirlar o‘tkazilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati ma’lum qildi.
Chilonzor tumani IIO FMB hamda Toshkent shahar DXX tezkor xodimlari hamkorligida Chilonzor tumani 8 dahasida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida 1992-yilda tug‘ilgan fuqaroning yonidan 52 dona pregabalin hamda 5 dona trapikamid dori vositalari borligi aniqlandi.
Shuningdek, gumonlanuvchi istiqomat qilayotgan xonadon ko‘zdan kechirilganda 90 dona pregabalin, 50 dona trapikamid kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingani ta’kidlandi.
Ma’lumot uchun, Jinoyat kodeksining 2511-moddasi (kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilishga sabab bo‘ladi.
Avvalroq «Kursiv Uzbekistan» Toshkentda qalbaki dollar sotayotgan shaxslar qo‘lga olingani haqida xabar bergan edi.