Ushbu tashkilotga kirish chuqur oʻylangan va uzoqni koʻzlagan tanlov – Shavkat Mirziyoyev JSTga kirish haqida
Oʻzbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo boʻlishi chuqur oʻylangan va uzoqni koʻzlagan tanlov. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev Nukusda tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda aytib oʻtdi.
«Ushbu tashkilotga kirish – chuqur oʻylangan va uzoqni koʻzlagan tanlov, qolaversa, islohotlarimizning ajralmas bir qismi. Lekin ayrimlar bunga shubha bilan qarayapti, boshqalar “korxonalar sinadi» import bosib ketadi” degan xavotir bilan yuribdi”, davlat rahbari.
Mirziyoyev mahsulot va xizmatlar sifatini oshirish, tashqi bozorda munosib oʻrin topish uchun xalqaro standartlarga oʻtish zarurligini ta’kidladi.
JSTga a’zo boʻlish Oʻzbekistonga ham yuklarning xalqaro tranzitida ortiqcha toʻlovlar va cheklovlarni bekor qilish imkoniyatini beradi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston JSTga a’zo boʻlish jarayonini 2026-yilga qadar yakunlashni maqsad qilmoqda.
Avvalroq «Kursiv Uzbekistan» Tadbirkorlar auksiondan yer sotib olganda QQS hisoblash bekor qilingani haqida xabar bergan edi.