Maymunchechak virusi havo orqali ham yuqishi mumkin

eʼlon qilindi
Yengil holatda kasallik 2–3 kun davom etadi
Foto: Qirg‘iziston sog‘liqni saqlash vazirligi

Virus mutatsiyaga uchrashi mumkin, sababi maymunchechak virusidan kasallanishlar soni ortib bormoqda. Bu haqda epidemiolog Gennadiy Onishenko fikriga tayanib, TASS xabar berdi.

«Irsiy sakrash shunchalik tez sodir bo‘lsa, insonlar qanchalik ko‘p kasallansa, infeksiyani bir-biriga g‘ayritabiiy tarzda yuqtirishni boshlaydi. Virus havo tomchilari orqali klassik tarzda yuqishini istisno qilmaydi», deydi Onishenko.

Ma’lum qilinishicha, chechak virusi namunasi hozirgi kunda Novosibirskda saqlanmoqda. Mutaxassisning ta’kidlashicha, maymunchechak virusini tarqalishini oldini olish uchun maksimal profilaktik ishlarni qo‘llash, shuningdek, maymunchechakka qarshi vaksina ishlab chiqilishi lozim.

Ma’lumot uchun, maymunchechak virusli kasallik bo‘lib, asosan kemiruvchilar, primatlar va boshqa shu kabi yovvoyi hayvonlardan, shuningdek, odamdan odamga ham yuqishi mumkin. Yengil holatda kasallik 2–3 kun ichida o‘tib ketadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan O‘zbekiston fuqarolarida maymunchechakka qarshi jamoaviy immunitet mavjudligi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek