Mirziyoyev «Buyuk ajdodlar merosi – Uchinchi Renessans poydevori» kongressi ishtirokchilarini tabrikladi

eʼlon qilindi
Tadbir 24-avgust kuni Samarqandda boshlandi
Rasm: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Buyuk ajdodlarimiz merosi – Uchinchi Renessans poydevori» VIII xalqaro kongressi ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi.

«Xalqimizning qadimiy va betakror madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish yo‘lida jonbozlik ko‘rsatib kelayotgan siz, azizlarga, olim va tadqiqotchilar, noshir va jurnalistlar jamoasiga, shuningdek, jahondagi turli fond va kolleksiyalarda xalqimizning tarixiy va madaniy yodgorliklarini asrab-avaylab, bizning mutaxassislarimiz bilan yaqin hamkorlik qilib kelayotgan oliyjanob insonlarga chuqur minnatdorlik bildiraman», dedi davlat rahbari.

«Buyuk ajdodlarimiz merosi – Uchinchi Renessans poydevori» VIII xalqaro kongressi 23 – 26-avgust kunlari Toshkent va Samarqand shaharlarida bo‘lib o‘tadi.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad – madaniy-gumanitar va diniy-ma’rifiy sohalarda Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot yo‘lini yoritish, shuningdek, xalqlarning ma’naviy merosini asrab-avaylash uchun boshqa mamlakatlar olimlari bilan hamkorlik qilishdan iborat.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev Olimpiya sovrindorlari va ularning murabbiylarini ordenlar bilan taqdirlash va ularga faxriy unvonlar berish to‘g‘risidagi farmonni imzolagani haqida yozgan edi.

Shuningdek