Moʻgʻulistonda birinchi Chevrolet dilerlik markazi ochildi
Mo‘g‘uliston poytaxti Ulan-Batorda Chevrolet dilerlik markazi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda UzAuto Motors axborot xizmati xabar berdi.
Tadbirda kompaniya vakillari, O‘zbekiston, AQSH muxtor elchilari va mahalliy rasmiylar va yetakchi tadbirkorlar ishtirok etdi.
«Bu yutuq nafaqat Chevrolet brendiga boʻlgan ishonchning aksi, balki Oʻzbekiston avtomobilsozlik sanoatida ekspert salohiyatining jadal rivojlanayotganining tasdigʻidir», deydi «UzAuto Motors» AJ Sotuv va avtoservis boʻyicha boshqaruvchi direktori Oʻlmasbek Alimov.
Aytish joizki, UzAuto Motors kompaniyasining distribyutori sifatida «Doctor Auto Chain» MChJ Ulan-bator shahrida kirib kelgan avtomobillarni sotish hamda ularga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha faoliyat bilan shugʻullanadi.
Marosimda birinchi xaridorga Chevrolet Cobalt tantanali ravishda topshirildi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan UzAuto Motors Onix va Tracker uchun chegirma va foizsiz muddatli toʻlovlar e’lon qildi.