Maosh 1100 yevro: oʻzbekistonliklar Latviyaga ishga taklif qilinmoqda
Latviyaga «CE» toifaga ega Oʻzbekiston fuqarolari yuk avtomobil haydovchisi lavozimiga ishga taklif etilmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, oylik ish haqi 1100 yevroni tashkil qiladi.
Nomzodlar uchun talablar:
18 – 55 yosh;
rus yoki ingliz tilini muloqot darajasida bilish;
soha boʻyicha kamida 1 yillik tajriba;
sudlanmagan;
xorijga chiqish taqiqlanmagan;
sogʻlom.
Ish beruvchi hisobidan sugʻurta hamda hujjatlar va ish ruxsatnomalarini roʻyxatdan oʻtkazish qoplab beriladi. Agentlik xizmatlari, viza uchun toʻlov, aviachipta, ovqatlanish, yashash joyi fuqaro hisobidan.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola.
Avvalroq Kuriv Uzbekistan Oʻzbekistonga tajriba almashish uchun xorijlik shifokorlar taklif qilingani haqida xabar bergan edi.