Yarim yilda havo transporti orqali qancha yuk tashildi
eʼlon qilindi
2023-yildan ko‘ra ko‘proq yuk tashilgan
Joriy yilning ilk olti oyida aviaqatnovlar orqali sal kam 6 ming tonna yuk tashilgan. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.
Unga koʻra, 2024-yilning yanvar–iyun oylarida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha havo transporti orqali joʻnatilgan yuklar hajmi 5,9 ming tonnani tashkil qilgan.
Ushbu koʻrsatkich 2023-yildagi shu davrda joʻnatilgan yuk hajmidan 17,2 % ga koʻproq.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Gruziya aviakompaniyasi Navoiyga parvozlarni yo‘lga qo‘ygan edi.