Fransiya Durovni AQSh yoki Rossiyaga ekstraditsiya qilmaydi – ekspert

eʼlon qilindi
Chunki Durov shu davlat fuqarosi hisoblanadi
Foto: @durov / Instagram

Fransiya hukumati Telegram asoschisi Pavel Durovni Rossiya yoki AQShga ekstraditsiya qilmaydi. Bu haqda Fransiyaning Sciences Po instituti siyosiy fanlar doktori Ilyos Sarsembayev Facebookʼdagi sahifasida malum qildi.

Ekspertning fikricha, Durov Fransiya fuqaroligiga ega va bu mamlakat fuqarosi sifatida u Fransiya huquq-tartibot idoralari xodimlarining barcha talablarini soʻzsiz bajarishi kerak. Moskva konsullik yordamini Durov rozi boʻlsagina koʻrsatishi mumkin.

Sarsembayevning soʻzlariga koʻra, Durovga nisbatan ish Fransiya Ichki ishlar vazirligi qoshidagi Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha boshqarmasi tomonidan qoʻzgʻatilgan. Tashkilot voyaga etmaganlarga nisbatan zoʻravonlikka qarshi kurash boʻyicha ekspert byurosi hisoblanadi.

Durov Telegramʼda bolalar pornografiyasini almashish, bolalar savdosi, terrorizmni targʻib qilish va boshqa jinoyatlarni sodir etishda ayblanmoqda.

«Albatta, Pavel Durov fransuz adliyasining ushbu ayblovlari uchun bevosita javobgar emas. Ammo uning pozitsiyasining zaif tomoni shundaki, Telegram ma’muriyati Fransiya huquq-tartibot idoralarining hech qanday soʻroviga javob bermagan», deya vaziyatga izoh berdi u.

«RBK» xabariga koʻra, Durov 28-avgust, chorshanba kuniga qadar hibsda saqlanishi mumkin. Shundan soʻng u qoʻyib yuborilishi yoki ayblanishi kerak.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan agar Durov qamalsa, tahlilchilar Telegramʼning yopilishidan choʻchishini yozgan edi.

Shuningdek