Qanot Sharq seshanba kuni to‘rtta parvozni bekor qildi

eʼlon qilindi
Yo‘lovchilarga chipta haqi qaytariladi
Rasm: Qanot Sharq

Qanot Sharq aviatashuvchisi 27-avgust, seshanba kuni texnik sabablarga ko‘ra to‘rtta parvozni bekor qildi, deyiladi kompaniyaning Telegram-kanalida.

Gap HH-741 (Samarqanddan Sankt-Peterburgga), HH-744 (Sankt-Peterburgdan Namanganga), HH-743 (Namangandan Sankt-Peterburgga) va HH-742 (Sankt-Peterburgdan Samarqandga) reyslari haqida bormoqda.

Ushbu reyslarga chiptalar egalariga xaridning to‘liq narxi qaytariladi. Kompensatsiya sifatida ularga «Qanot Sharq» aviakompaniyasining shu kabi yo‘nalishlarida bepul o‘rin beriladi. Xizmatdan bir yil davomida foydalanish mumkin.

Avvlaroq Kursiv Uzbekistan kuni kecha HH572 Qanot Sharq reysi Turkiyaning Merzifonida rejalashtirilmagan qo‘nishni amalga oshirgani haqida yozgan edi.

Shuningdek