Joriy yilda necha foiz erkak va ayol talabalikka tavsiya etildi

eʼlon qilindi
Erkaklar hissasi biroz ko‘proq
Foto: Forbes.com

2024-yildagi OTM bakalavriat uchun 186 871 nafar abituriyent talabalikka tavsiya qilindi. Bu haqda Bilimni baholash agentligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, ularning 96 516 nafari, ya’ni 51,6 % qismi  erkaklar bo‘lib, qolgan 90 355 nafari (48,4 %) ayollarni tashkil qilgan.

Shuningdek, 54,9%, ya’ni 22 581 nafar ayollar davlat granti asosida talabalikka tavsiya etilgan. Undagi erkaklar hissasi esa 18 572 nafar bilan 45,1% ga to‘g‘ri kelmoqda.

Ushbu o‘quv yilida talaba bo‘lgan abituriyentlarning o‘rtacha yoshi 19 yoshni tashkil etdi.

Ma’lumot o‘rnida talaba bo‘lgan ayollarning eng yoshi 15 yosh, eng yoshi kattasi 69 yosh, erkaklarda esa bu ko‘rsatkich mos ravishda 15 va 60 yoshni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq joriy yilda necha nafar abituriyent talabalikka qabul qilingani haqida yozgan edik.

Shuningdek