Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekistondan 65 nafar sportchi ishtirok etadi

eʼlon qilindi
9 sport turi bo‘yicha
Foto: ParalympicUz

O‘zbekiston delegatsiyasi 28-avgustdan 8-sentabrga qadar bo‘lib o‘tadigan yozgi Paralimpiya o‘yinlari uchun Parij shahriga yetib bordi. Bu haqda Sport vazirligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, delegatsiya 113 ta litsenziyani qo‘lga kiritgan. 65 nafar sportchi 9 turdagi sport turlaridagi bahslarda medallar uchun bellashadi.

Ulardan 2 nafari para o‘q otish, 8 nafari para dzyudo, 2 nafar para velosiped, 5 nafar para taekvondo, 7 nafar para suzish, 6 nafar kanoeda eshkak eshish, 2 nafar akademik eshkak eshish, 8 nafar pauerlifing hamda 25 nafar para yengil atletika shular jumlasidandir.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston delegatsiyasi Paralimpiya o‘yinlariga kuzatilgan edi.

Shuningdek