«Tashabbusli budjet»da ovoz yig‘ishga doir masala yuzasidan 39 ta shikoyat tushdi

eʼlon qilindi
Eng ko‘p shikoyat Farg‘ona viloyatidan tushgan
Foto: Openbudget.uz

«Open budget»ga ovoz yig‘ishga majburlash masalasi yuzasidan 39 ta shikoyat kelib tushdi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, «Tashabbusli budjet»ning 2024-yilgi 2-mavsumida ovoz yig‘ishga majburlash holati yuzasidan eng ko‘p shikoyat Farg‘ona viloyatidan yettita, Toshkentdan oltita hamda Namangan va Jizzax viloyatlaridan 5 ta tushgan.

Shikoyatlar, asosan, umumta’lim maktablari hamda tibbiyot muassasalaridan kelgan. Maktablardan 19 ta hamda tibbiyot tashkilotlaridan esa 16 ta shikoyatlar ro‘yxatga olingan.

Barcha shikoyatlar tegishli tartibda o‘rganilib chiqiladi hamda tuman (shahar) xalq deputatlar Kengashiga yuboriladi. Agarda shikoyatlar o‘z tasdig‘ini topsa loyihalar ovoz berish bosqichidan, agar g‘olib bo‘lsa, g‘oliblar ro‘yxatidan ham chetlatiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Tashabbusli budjet»da ovoz berish boshlangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek