Fanlar akademiyasi prezidenti Behzod Yoʻldoshev vafot etdi

eʼlon qilindi
Bu haqda Fanlar akademiyasi xabar berdi
Foto: Fanlar akademiyasi

Fanlar akademiyasi prezidenti Behzod Yoʻldoshev vafot etdi. Bu haqda Fanlar akademiyasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti, yuqori energiyalar fizikasi sohasida xalqaro miqyosda taniqli va e’tirof etilgan olim, fizika-matematika fanlari doktori, professor, akademik Behzod Sadikovich Yuldashev 2024-yilning 28-avgust kuni 79 yoshida vafot etdi.

Behzod Yoʻldoshev 1945-yil Toshkent shahrida tugʻilgan. U 1968-yilda ToshDUni tugatgan. 2017-yil yanvar oyidan Fanlar akademiyasi prezidenti lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan YouTubeʼning sobiq bosh direktori Syuzan Vodjitski vafot etgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek