O‘zbekistonda paxta terimi boshlandi

eʼlon qilindi
Har bir gektardan 50 sentnerdan hosil olish reja qilingan
Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Surxondaryo viloyatining ayrim tumanlarida paxta terimi boshlandi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi mas’ul xodimlari Termiz tumanida joylashgan «Qoraxon paxtakori» fermer xo‘jaligiga amaliy tashrif uyushtirdi. Fermer xo‘jaligida 14 gektar maydonga 60 sxemada «Buxoro 102» navli paxta ekilgan. Maydonning har bir gektardan 50 sentnerdan hosil olish reja qilingan.

Ma’lumot uchun, Qiziriq tumanida joriy yil hosili uchun 7 684 gektar maydonda g‘o‘za parvarishlangan bo‘lib, 30 155 tonna paxta sotish ko‘zda tutilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Turkmanistonda voyaga yetmaganlarga paxta terish taqiqlangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek