Onix Qozog‘istonda O‘zbekistonga qaraganda arzonroq turadi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Qozog‘istonda Chevrolet Onix narxi $14,535 ni tashkil qiladi
Foto: UzAuto Motors

Chevrolet Onix narxi Qozog‘istonda O‘zbekistonga nisbatan ancha arzonroq. Bu haqda Autostrada.uz xabar berdi.

Qayd etilishicha, Chevrolet Onix LTZ narxlari O‘zbekiston bilan Qozog‘iston solishtirilganda o‘rtadagi farq chegirmalarsiz +$1,330 ni tashkil qiladi, ya’ni 2023-yilda ishlab chiqarilgan Onix narxi Qozog‘istonda $14,535 ni tashkil qilsa, ushbu narx O‘zbekistonda $15,865 ni qayd etgan.

Shuningdek, Onix Premier 2 narxi Qozog‘istonda $16,201 ni tashkil qilsa ushbu model O‘zbekistonda $17,427 ni ko‘rsatmoqda. O‘zbekistonda Onix Qozog‘istonga nisbatan $1,226 ga qimmatroq.

Ma’lumot uchun, joriy yilning dastlabki 6 oyligida Chevrolet Onix O‘zbekistonda 18,2 ming dona ishlab chiqarilgan. Ushbu ko‘rsatkich 2023-yilning mos davrida 13,5 ming donani tashkil qilgan, ya’ni 34,8 foizga o‘sgan.   

Avvalroq Kursiv Uzbekistan UzAuto Motors Onix va Tracker uchun chegirma va foizsiz muddatli toʻlovlar e’lon qilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek