Asila Mirzayorova Paralimpiya o‘yinlarida rekord natija qayd etdi

eʼlon qilindi
Uzunlikka sakrash bo‘yicha
Foto: Paralympic.uz

«Parij-2024» yozgi Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etayotgan para yengil atletikachi sportchimiz Asila Mirzayorova uzunlikka sakrash bahsida Paralimpiya rekordini yangiladi. Bu haqda Qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, para yengil atletika bo‘yicha ayollar o‘rtasida T11 klassida uzunlikka sakrash bahsida vakilimiz Asila Mirzayorova ilk urinishidayoq 5,22 metr narija qayd etib, ushbu yo‘nalishda Paralimpiya rekordini o’rnatdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Muslima Odilova va Ziyodaxon Isoqova bronza hamda kumush medallariga sazovor bo‘lgan edi.

Shuningdek