Kubaro Hakimova Paralimpiya o‘yinlarining kumush medali sohibasi bo‘ldi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Para yengil atletika bo‘yicha
Foto: Paralympic.uz

Parijda bo‘lib o‘tayotgan yozgi Paralimpiya o‘yinlarida para yengil atletikadan ishtirok etgan vakilimiz Kubaro Hakimova kumush medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Paralimpiya qo‘mitasi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, F41 klassida yadro uloqtirish bo‘yicha bahslarda munosib qatnashgan Kubaro Hakimova 10.36 metr natija bilan ikkinchi o‘rinni egalladi va navbatdagi kumush medalni delegatsiyamiz hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Ma’lumot o‘rnida uhbu yo‘nalishda qatnashgan yana bir vakilimiz Madina Muxtorova 8.10 metr natija qayd etdi va kuchli sakkizlikdan joy oldi.

Eslatib o‘tamiz, sal avvalroq para yengil atletikachimiz Asila Mirzayorova Paralimpiya o‘yinlarida rekord natija qayd etgan edi.

Shuningdek