Qaysi banklar onlayn va garovsiz mikroqarzlar beradi

eʼlon qilindi
30 mln so‘mdan 100 mln so‘mgacha
Foto: Pixabay.com

O‘zbekistonda mikroqarz berish miqdori oshib bormoqda. Markaziy bank bergan ma’lumotga ko‘ra, shu yilning ilk olti oyida 18,8 trln so‘m miqdordagi mikroqarz berilgan. O‘tgan yilning shu davrida esa berilgan mikroqarzlar deyarli 13 trln so‘mni tashkil qilgan. O‘sish 5,8 trln so‘mga oshgani qayd etilgan. O‘zbekistondagi qaysi bankdan qancha va qanday muddatga garovsiz mikroqarzlar olish mumkinligi haqida Bankir Telegram sahifasi xabar berdi.

Jumladan, TBC Bank 28% dan, 36 oygacha bo‘lgan muddatga 100 mln so‘mgacha mikroqarz beriladi.

Davr Bank 33% dan, 60 oygacha muddat bilan 100 mln so‘mgacha mikroqarz berilishi haqida ma’lum qildi.

Ipoteka bank esa mikroqarzni 37,99% ga, 30 mln so‘mgacha bo‘lgan pul 36 oygacha taqdim etilmoqda.

Shuningdek, Hamkorbank 30 mln so‘mgacha bo‘lgan mikroqarzni 32% ga 36 oygacha bermoqda.

Ipak yoʻli banki tomonidan 100 mln so‘mgacha pul mablag‘i 30,9% bilan 12 oyga berilishi ma’lum qilindi.

Anor bank mijozlari uchun 34% ga, 36 oygacha muddat bilan 100 mln so‘mlik mikroqarz berishini e’lon qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Banklar 2024-yilda kamroq foyda olgani haqida yozgan edik.

Shuningdek