Mustaqillik bayramida dollarni qaysi banklardan ayirboshlash mumkin

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Mamlakat fuqarolari bayramda 4 kun – 31-avgustdan 3-sentabrgacha dam oladi
Foto: MB matbuot xizmati

O‘zbekiston Mustaqilligining 33 yilligini nishonlash munosabati bilan respublikada bayramlar 3-sentabrgacha davom etadi. Shuning uchun ayrim banklar tomonidan pul o‘tkazmalari hamda valyuta ayirboshlash shoxobchalari faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.

Markaziy bank tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, banklar bayram kunlari o‘z faoliyatini tashkil etish bo‘yicha jadvallar e’lon qilgan. Ushbu jadvallar bilan quyida havola orqali batafsil tanishib chiqishingiz mumkin:  

Agro bank;

Aziya alyans bank;

Anor bank;

Asaka bank;

Aloqa bank;

Biznesni rivojlantirish banki;

Garant bank;

Davr bank;

Infin bank;

Ipoteka bank;

Ipak yo‘li bank;

Madad invest bank;

Milliy bank;

MK bank;

Okto bank;

Orient finans bank;

Poytaxt bank;

Sanoat qurilish bank;

Saderat bank;

Trast bank;

Hamkor bank;

Turon bank;

Universal bank;

Xalq banki;

Hayot bank.    

Ma’lumot uchun, 24/7 rejimida faoliyat olib boruvchi avtomatlashtirilgan bankomatlar orqali, shuningdek, banklarning mobil ilovalari orqali valyuta ayirboshlash mumkin.

Avvalroq Kursiv banklar 2024-yilning 7 oyida 2023-yilning mos davriga nisbatan 159 mlrd soʻmga kamroq foyda olgani haqida xabar bergan edi.  

Shuningdek