Asad Toshtemirov Paralimpiya o‘yinlari chempioni bo‘ldi

eʼlon qilindi
Para taekvondo bo‘yicha
Foto: Paralympic.uz

Parij shahri mezbonlik qilayotgan yozgi Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan vakilimiz Asad Toshtemirov oltin medalga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Paralimpiya qo‘mitasi xabar berdi.

Unga ko‘ra, para taekvondo bo‘yicha erkaklar o‘rtasida -80 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Asad Toshtemirov hal qiluvchi bahsda meksikalik Luis Mario Najeraga qarshi dayanga chiqdi va 38:17 hisobida mag‘lub etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, sal avvalroq Elbek Sultonov ham delegatsiya hisobiga uchinchi oltin medalni olib bergan edi.

Shuningdek