Rossiyada sakkiz nafar O‘zbekiston fuqarosi avtohalokatda hayotdan ko‘z yumdi

eʼlon qilindi
Mashinada 11 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan
Rasm: Nijegorod viloyati IIV

Joriy yilning 1-sentabr kuni Rossiyaning Nijegorod viloyatida yo‘l-transport hodisasi oqibatida 8 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi. Bu haqda Nijegorod IIV xabar beradi.

1992-yilda tug‘ilgan Tojikiston fuqarosi bo‘lgan haydovchi «Hyundai Grand Starex» rusumli avtomobilni boshqara olmay to‘siqqa urilib, ag‘darilib ketdi.

Mashinada 11 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan. Hodisa oqibatida 8 nafar yo‘lovchi halok bo‘lgan, haydovchi va yana 3 nafar yo‘lovchi shifoxonaga yotqizilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Eronda 35 pokistonlik ziyoratchi avtohalokat tufayli halok bo‘lganini yozgan edi.

Shuningdek