Chelyabinsk jo‘jalari O‘zbekistonga yuborildi
eʼlon qilindi
Safar oldidan qush veterinariya mutaxassislari tomonidan ko‘rikdan o‘tkazilgan
Rossiyaning Chelyabinsk viloyatidagi korxonalar O‘zbekistonga bir kunlik jo‘jalar partiyasini jo‘natdi, deb xabar berdi «Rosselxoznadzor»ning Ural mintaqalararo boshqarmasi.
Gap 33,4 ming jo‘ja haqida ketmoqda. Jo‘natishdan oldin ular ko‘zdan kechirildi, Rosselxoznadzor parrandalarni tashish shartlari va hujjatlarini tekshirdi. Idora, shuningdek, partiyaning veterinariya sertifikatini ham tasdiqladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Chelyabinsk kolbasa ishlab chiqaruvchisi O‘zbekistonga mahsulot yetkazib bera boshlagani haqida yozgan edi.
Ma’lum qilinishicha, Rossiya va O‘zbekiston o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini $30 milliardga yetkazmoqchi.