Elton Jonning bir ko‘zi ko‘r bo‘lib qoldi

eʼlon qilindi
Infeksiya tufayli
Rasm: Afisha.ru

Britaniyalik qo‘shiqchi va bastakor Elton Jon qisman ko‘rlikka olib kelgan infeksiyani yuqtirdi. Bu haqda musiqachi Instagramdagi sahifasida yozdi.

«Bu yozda men og‘ir infeksiyani boshdan kechirdim, afsuski, bu kasallik natijasida faqat bitta ko‘zim bilan ko‘radigan bo‘lib qoldim», deb aytilgan xabarda.

Jon kasallikdan keyin tuzalib borayotganini, lekin juda sekinligini qo‘shimcha qildi. Shuningdek, uni davolayotgan shifokorlar jamoasiga minnatdorchilik bildirdi.

Kursiv Uzbekistan 2023-yil mart oyida Jon xayrlashuv turidan rekord darajadagi $1 milliarddan ortiq daromad olishini yozgan edi.

Shuningdek