«Xalqlar do‘stligi» metro bekatining ikkinchi vestibyuli qayta foydalanishga topshirildi

eʼlon qilindi
Ta’mirlanish navbati "Novza" bekatiga yetdi
Foto: «Toshkent metropoliteni» DUK telegram sahifasidan

Toshkent metropoliteniga qarashli «Xalqlar do‘stligi» bekatining ikkinchi vestibyuli texnik ta’mirlardan so‘ng yana ochildi. Bu haqda «Toshkent metropoliteni» DUK matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, bekatning ikkinchi vestibyuliga yangi eskalator o‘rnatilib, texnik ishlar to‘liq o‘z yakuniga yetkazildi. Vestibyul shu yili 4-sentabr sanasidan boshlab yo‘lovchilar uchun xizmat ko‘rsatmoqda.

Foto: «Toshkent metropoliteni» DUK telegram sahifasidan

Ma’lumot uchun, yer osti bekatlaridagi eski eskalatorlarni bosqichma-bosqich yangilash jarayoni Novza bekatining ikkinchi vestibyulidagi eskalatorda davom ettiriladi. Shu boisdan Novza bekatidagi ikkinchi vestibyulning faqatgina eskalator qismi 2024-yilning 5-sentabr kunidan boshlab to jarayoni yakuniga qadar yopiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonga 12 ta metro poyezdi sotib olish rejalashtirilayotgani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek