Qozoq tozi iti rasmiy it zoti sifatida ro‘yxatga olinadi

eʼlon qilindi
To‘rt oyoqlilar xalqaro e'tirofga sazovor bo'ladi
Foto: Qozog‘iston prezidenti ma’muriyati

Xalqaro kinologiya federatsiyasi Bosh qo¯mitasi (FCI) qozoq tozi itini (Kazakh Tazy) itlarning rasmiy zoti sifatida tan olishga qaror qildi, deb xabar qildi Qozog‘iston prezidenti ma’muriyati.

Tashkilot Qozog‘istonning ushbu zot uchun standart egasi sifatida maqomini ta’minlaydi. Ma’muriyatning ta’kidlashicha, davlat FCIning itlarni xalqaro darajada tan olish bo‘yicha barcha talablarini bajargan.

«Mamlakatning turli hududlarida keng ko‘lamli naslchilik tekshiruvlari o‘tkazildi. Jumladan, eng muhim genetik tadqiqotlar o‘tkazildi, bu esa, o‘z navbatida, zotimizning o‘ziga xosligini inkor etib bo‘lmas dalilidir», — deydi boshqarma.

Mamlakat prezidenti Qosim-Jomart Toqayev topshirig‘iga binoan 2022-yildan buyon mahalliy it zotlarini saqlab qolish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Janubiy Koreyada it go‘shtini iste’mol qilish taqiqlanishi haqida yozgan edi.

Shuningdek